Qidiruvdagi o‘zbekistonlik Istanbulda qo‘lga olindi

Olam

image

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan fuqaro Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olindi hamda O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan hamda Toshkent shahar IIBB tomonidan qidiruvga berilgan fuqaro Y.D Istanbul shahrida qo‘lga olingan hamda O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Vazirlik, shuningdek, ushbu shaxsning noqonuniy harakatlaridan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Polshadan O‘zbekistonga olib kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul O'zbekiston deportatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

OSZAR »